» » Chempionlar Ligasi oldidan “Roma” “Inter”dan o‘zib ketdi. Bugun “Yuventus” Turin derbisida o‘ynaydi

Chempionlar Ligasi oldidan “Roma” “Inter”dan o‘zib ketdi. Bugun “Yuventus” Turin derbisida o‘ynaydi


Futbol bo‘yicha Italiya A seriyasining 25-turiga kelib Milanning “Inter” klubi Rimning “Roma”sidan ortda qolishni boshladi.

Ketma-ket 5 ta durangdan so‘ng “Inter” oxirgi o‘yinni o‘z foydasiga hal qilgandi. Ammo kecha Spaletti jamoasi Genuyada imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bu esa poytaxt klubiga qo‘l keldi.

Chempionlar Ligasi doirasidagi “Shaxtyor”ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rayotgan “Roma” kechagi g‘alabasidan keyin milanliklardan oldinga o‘tib oldi.

Bugun — 18-fevral kuni 2 ta markaziy o‘yin bor. Birida Turin derbisida “Torino” va “Yuventus” maydonga chiqsa, ikkinchisida “Milan” o‘z uyida “Sampdoriya”ni qabul qiladi.

Italiya A seriyasi

25-tur o‘yinlari

17-fevral, shanba

Gollar: Chengiz Yunder, 70 (0:1). Diyego Perotti, 91+ (0:2).

Gollar: Andrea Ranokkya, 45-avt (1:0). Goran Pandev, 59 (2:0).

19-fevral, yakshanba

“Torino” — “Yuventus” 16:30

“Napoli” — “Spal” 19:00

“Bolonya” — “Sassuolo” 19:00

“Atalanta” — “Fiorentina” 20:00

“Milan” — “Sampdoriya” 00:45

19-fevral, dushanba

“Latsio” — “Verona” 00:45



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-02-2018, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 111) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют