» » Turinda “Yuventus” bilan durang o‘ynagan “Tottenhem”, Angliya Kubogida quyi liga vakilidan 2 ta gol o‘tkazdi

Turinda “Yuventus” bilan durang o‘ynagan “Tottenhem”, Angliya Kubogida quyi liga vakilidan 2 ta gol o‘tkazdi


Londonning “Tottenhem” klubi Angliya Kubogining chorak finaliga 1 ta o‘yin orqali yo‘l ola bilmadi.

Chempionlar Ligasida mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirayotgan “shporlar” chorak finalda quyi liga vakili bo‘lgan “Rochdeyl” bilan to‘qnash keldi. Bellashuvda “Tottenhem”ning yangi a’zosi Lukas Moura Parijdan yetib kelganidan buyon ilk golini urdi. So‘nggi daqiqalarda esa Harri Keyn penaltini aniq amalga oshirib, go‘yoki barcha masalani hal qilgandek bo‘ldi.

Ammo “Rochdeyl” futbolchilari so‘nggi soniyalarda gol urib, London klubiga g‘alabani ravo ko‘rmadi. Aniqrog‘i, mehmonlar xotirjamlikka biroz erta berilgan bo‘lib chiqdi.

Chorak final yo‘lida, shuningdek, “Suonsi” ham asosiy vaqtda masalani hal qila olmagandi. Endi mazkur klublar takroriy o‘yinlarda ishtirok etishlariga to‘g‘ri keladi. Hozircha “Chelsi”, “Sautgempton”, “Brayton”, “Lester” va “Manchester Yunayted” klublari chorak final masalasini hal qilib bo‘lgan. Bugun “Manchester Siti” shu yo‘lda omadini sinab ko‘radi.

Angliya Kubogi

1/8 final

18-fevral, yakshanba

Gollar: Ian Xenderson, 45 (1:0). Lukas Moura, 59 (1:1). Harri Keyn, 88-pen (1:2). Stiv Devis, 93+ (2:2).

19-fevral, dushanba

“Uigan” — “Manchester Siti”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-02-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 122) ( 0) ( 121) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют