» » Rossiyada o‘zbekistonlik marshrutka haydovchisini yo‘lovchi kaltaklab o‘ldirdi

Rossiyada o‘zbekistonlik marshrutka haydovchisini yo‘lovchi kaltaklab o‘ldirdi


Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida yo‘nalishli taksi haydovchisi yo‘lovchi bilan mushlashuv oqibatida halok bo‘ldi, deb yozadi “Interfaks”.

Nashr manbasiga ko‘ra, 21-fevral, chorshanba kuni kechki payt Lenin shoh ko‘chasidagi 73-uydan yo‘nalishli taksi haydovchisi — 1968-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi kasalxonaga olib ketilgan. Guvohning so‘zlariga ko‘ra, u yo‘lovchi bilan mushtlashuvga aylangan janjal oqibatida qattiq kaltaklangan.

22-fevral kuni ertalab erkak kasalxonada vafot etgan. “Jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgan, salomatlikka qasddan og‘ir zarar yetkazish” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergovchilar gumonlanuvchini qidirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2018, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют