» » Mahmud Abbos AQShda tibbiy ko‘rikdan o‘tishni yakunladi va yaqin vaqtda Falastinga qaytadi

Mahmud Abbos AQShda tibbiy ko‘rikdan o‘tishni yakunladi va yaqin vaqtda Falastinga qaytadi


Falastin davlati prezidenti Mahmud Abbos AQSh shifoxonasidagi tibbiy ko‘rikdan o‘tish jarayonini yakunladi va tibbiyot muassasasini tark etdi. Bu haqda 22-fevral kuni Reuters agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

U Falastinga 23-fevral, juma kuni qaytadi. Agentlikning ma’lum qilishicha, Abbos umumiy tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, uning ahvoli mo‘tadil. U Amerikaning Baltimor shahridan (Merilend shtati) Ramallaga parvoz qiladi.

Avvalroq agentlik 82 yoshli Abbos AQShdan Venesuelaga parvoz qilishi kerakligini ma’lum qilgan edi. Uning mazkur mamlakatga tashrifi 21-fevraldan boshlanishi rejalashtirilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-02-2018, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют