» » Mishel  Obamaning memuarlari noyabr oyida chop etiladi

Mishel  Obamaning memuarlari noyabr oyida chop etiladi


Amerikaning sobiq birinchi xonimi Mishel Obamaning memuarlari joriy yilning 13-noyabrida chop etiladi. Bu haqda uning rasmiy vakillari ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Kitob Becoming (Shakllanish) deb nomlanib, 24 tilda chop qilinadi.

“Kitob ustida ishlash men uchun chuqur shaxsiy tajriba bo‘ldi”, — deydi sobiq birinchi xonim. U kitobda o‘zining ajdodlari va qanday qilib Saut-Sayddan chiqqan kichkina qiz o‘z ovoziga ega bo‘lib, boshqalarni ruhlantirish uchun o‘zida kuch topganligi haqida hikoya qiladi.

Amerikaning Crown Publishing Group nashriyot uyi ta’kidlashicha, kitobning qog‘oz versiyasi qiymati 32,5 dollar, elektron versiyasi esa 15 dollarni tashkil etadi. Kitob chop etilishidan avval Obama o‘z ishini taqdim etish uchun Amerika va boshqa mamlakatlar bo‘ylab turga yo‘l oladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-02-2018, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют