» » Rossiyada shifokorlar do‘pposlangan holat aks etgan video e’lon qilindi (video)

Rossiyada shifokorlar do‘pposlangan holat aks etgan video e’lon qilindi (video)


Rossiya tergov qo‘mitasi Yelets shahridagi shifoxonada yuz bergan mushtlashuv aks etgan videoni taqdim etdi. Mushtlashuvda shifokorlar jarohat olgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Videoda bir nechta yigit shifokorlarni urgan va narsalarni yerga uloqtirgan. Shundan so‘ng mushtlashuv to‘xtagan va besh kishidan iborat bu guruh, shu jumladan bir nafar qiz muassasadan chiqib ketgan.

Xabar qilinishicha, 24-yanvar kuni kechasi Yelets shahri kasalxonasiga zaharlanish shikoyati bilan tushgan bemorga birinchi reanimatsion yordam ko‘rsatish chog‘ida uning do‘stlari shifokorlarga hujum qilgan. Natijada anesteziolog shifokor bosh miya suyagidan olgan jarohat bilan shifoxonaga yotqizilgan. Bundan tashqari, reanimatsiya bo‘limi mudiri va yordam ko‘rsatayotgan hamshira jarohat olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2018, 07:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют