» » Sirdaryodagi Xovosobod mahallasining 98 nafar aholisi ish bilan ta’minlandi

Sirdaryodagi Xovosobod mahallasining 98 nafar aholisi ish bilan ta’minlandi


Sirdaryo viloyatining Tojikiston bilan chagaradosh bo‘lgan eng chekka hududida joylashgan Xovosobod mahallasini (Xovos tumani) 2018-yildan ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqildi, deb xabar berdi Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati.

Ushbu mahallada  2560 nafar aholi istiqomat qiladi. Mahallaning ichki yo‘llar, ko‘p qavatli uylar, madaniy maishiy inshootlar ta’mirtalab, ichimlik suvi, tabiiy gaz va elektr energiyasi ta’minotida ham qator muammolar mavjud.

Mazkur masalalarni tezkorlik bilan hal qilish maqsadida ishchi guruhdan iborat viloyat shtabi tashkil etildi. Birinchi galda aholining bandligini ta’minlash masalasiga e’tibor qaratildi. Unga binoan 98 nafar ishga muhtoj aholi temir yo‘l korxonalari hamda Yangiyer shahridagi temir beton ishlab chiqaruvchi zavodiga ishga joylashtirildi. Ayni kunlarda mavjud 12 ta ko‘p qavatli uylarning tom qismi hamda tashqi ko‘rinishi, yo‘laklar, hududdagi tungi yoritgich chiroqlarini ta’mirlash, noqonuniy qurilishlar o‘rnida bolalar maydonchalari, o‘choq va tandirxonalar bunyod etish, 26 kilometr yo‘lga asfalt va shag‘al tashlash ishlariga jadal kirishildi.

Aholini elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan besh dona transformator o‘rnatildi. Ikki yarim kilometr masofadagi ichimlik suvi ta’minoti yaxshilandi. 485 ta xonadon egalari ixtiyorida bo‘lgan 36 gektar tomorqada issiqxonalar tashkil etish orqali aholini doimiy daromad manbasi sifatida ta’minlash masalasi alohida e’tiborga olindi. Shu maqsadda oqava suv ta’minotini me’yoriga yetkazish uchun 7 ta artezan quduqlarida kapital ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

O‘z navbatida mahallada tadbirkorlik, oilaviy biznesni rivojlantirish bo‘yicha ham manzilli dasturlar asosida aholiga imtiyozli kreditlar ajratishi belgilab olindi. Bo‘sh turgan binolar imkoniyatlaridan unumli foydalanish maqsadida tikuvchilik, parrandachilik, chorvachilik, 100 o‘rinli xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi, oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi kichik bozor faoliyati yo‘lga qo‘yish ishlari boshlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-02-2018, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют