» » Londonning “Tottenhem” klubi 6 ta gol urib, Angliya Kubogining chorak finaliga yo‘l oldi. 1/4 final juftliklari ma’lum

Londonning “Tottenhem” klubi 6 ta gol urib, Angliya Kubogining chorak finaliga yo‘l oldi. 1/4 final juftliklari ma’lum


Maurisio Pochettino boshchilik qilayotgan Londonning “Tottenhem” klubi Angliya Kubogining chorak finalida to‘p suradi.

Avvalgi bosqichning ilk o‘yinida “shporlar” quyi liga vakili hisoblangan “Rochdeyl” bilan 2:2 hisobida durang o‘ynab qo‘ygandi. Mazkur bellashuv Chempionlar Ligasining “Yuventus”ga qarshi o‘tkazilgan va 2:2 hisobida yakuniga yetgan o‘yinidan keyin bo‘lib o‘tgandi.

Javob o‘yinida “Tottenhem” raqibiga imkoniyat qoldirmadi. Shu kuni Ugo Lyoris, Kristian Eriksen, Harri Keyn kabi yetakchilar maydonga tushmadi. Fernando Lyorente xet-trik qayd etdi. Son Xyon Min esa 2 ta gol urib, 1 ta golli uzatma berdi. Jamoaning yangi xaridi Lukas Mouro hamda Erik Lamela ham 2 tadan golli uzatmani amalga oshirdi.

Shuningdek, Uelsning “Suonsi” klubi ham takroriy o‘yinda ishonchli g‘alabaga erishib, navbatdagi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Chorak finalda “Tottenhem” va “Suonsi” o‘zaro to‘qnash keladi. “Manchester Yunayted” yarim final yo‘lida “Brayton”ni sinovdan o‘tkazsa, “Chelsi” Lesterda mehmon bo‘ladi. Shuningdek, “Manchester Siti”ni turnirdan chiqarib yuborgan “Uigan” klubi “Sautgempton”ga qarshi kurash olib boradi.

Angliya Kubogi

Nimchorak final

28-fevral, chorshanba

Gollar: Jordan Ayyu, 55 (1:0). Natan Dayer, 80 (2:0).

Gollar: Son Xyon Min, 23 (1:0). Stefan Hamri, 31 (1:1). Fernando Lyorente, 47 (2:1). Fernando Lyorente, 53 (3:1). Fernando Lyorente, 59 (4:1). Son Xyon Min, 65 (5:1). Kayl Uolker-Piters, 93+ (6:1).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют