» » Toshkent xalqaro aeroportida non ichiga tilla tangalarni yashirib olib otmoqchi bolgan shaxs aniqlandi

Toshkent xalqaro aeroportida non ichiga tilla tangalarni yashirib olib otmoqchi bolgan shaxs aniqlandi


Toshkent-Aero ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti chegara-bojxona posti xodimlari tilla tangalarni Ozbekistondan olib chiqishga bolgan urinishni bartaraf etdi, deb xabar berdi Davlat bojxona qomitasi matbuot xizmati.

ToshkentMoskva reysi boyicha parvozga otlangan fuqaro N.F. bojxonadan qizil yolak orqali otayotib, bojxona xodimlarining ogzaki sorovi paytida ham, yolovchi bojxona deklaratsiyasida ham yonida olib chiqish taqiqlangan tovarlar yoqligini malum qilgan.

Ammo unga tegishli yuklarning nazorat-rentgen apparatidagi shubhali tasvirlari buni tasdiqlamagan. Shundan song yuklar xolislar ishtirokida ochib korilganda, ushbu shaxs nonlar orasiga bekitgancha umumiy ogirligi 8,6 grammbolgan 2 dona tilla tangalarni bojxona nazoratidan yashirincha olib chiqmoqchi bolganligi fosh boldi.

Ozbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi qoshidagi Badiiy ekspertiza boshqarmasi xulosasiga kora, ushbu tangalar XIX asrning oxirlarida Chor Rossiyasida zarb qilingan tanglarning asli emas, balki nusxasi bolib chiqdi. Shunga qaramay, tangalar xarakteristikasida numizmatika predmetlari bolganligi sababli ularni olib chiqishdan avval badiiy ekspertizaga taqdim etish lozim edi. Mazkur tangalarning taxminiy bahosi 3 million 220 ming somga baholangan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
: admin (1-03-2018, 14:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 7) ( 0) ( 6) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -