WWW.XIT.UZ » Yangiliklar » Yaponiyada Simmoe vulqoni otila boshladi
Yaponiyada Simmoe vulqoni otila boshladi
Yaponiyaning Kyusyu orolidagi Kirisima tog‘ tizmasida Simmoe vulqonining kichikroq otilishi qayd etildi. Bu haqda 1-mart, payshanba kuni mamlakat meteorologiya boshqarmasi ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Meteorologlar mahalliy vaqt bilan 08:50 da vulqon silkinishini qayd etdi. Payshanba peshindagi ma’lumotlarga ko‘ra, vulqon hududida silkinishlar davom etmoqda.
Hozirgi paytda mintaqada ob-havo yomonligi va ko‘rish qiyinligi tufayli meteorologlar vulqon ustida tutun ustuni ko‘tarilgan-ko‘tarilmaganligini aniqlay olmayapti.
Miyadzaki prefekturasi Takaxaru aholi punkti yaqiniga vulqon kuli tushganligi xabar qilinmoqda. Simmoe vulqoni oxirgi marta 2017-yilning oktabrida otilgan edi.
Manba: Daryo.uz
(голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!
Добавить комментарий!

Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?