» » Jizzaxda bir yilda 50 mingta quyosh kollektori ishlab chiqariladi

Jizzaxda bir yilda 50 mingta quyosh kollektori ishlab chiqariladi


“Jizzax” maxsus industrial zonasida yiliga 50 ming dona quyosh kollektori ishlab chiqarish quvvatiga ega Thermo Water Electric korxonasi faoliyat ko‘rsatayotgani muqobil energiyadan foydanishda katta imkoniyat yaratmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Jizzaxda o‘tkazilgan muqobil energiyadan foydalanish masalasiga bag‘ishlangan seminar doirasida ushbu korxonada Royal savdo belgisida ishlab chiqarilayotgan suv isitgich qurilmalarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Taqdimotda korxona mutaxassislari quyosh suv isitgich qurilmalarining afzalliklari, mahsulot sifati, sotish, o‘rnatish tartiblari xususida seminar ishtirokchilariga ma’lumot berdi.

— Korxonamizda o‘tgan yilning dekabr oyidan 200, 300, 500 va 1000 litr hajmdagi suv isitgichlar sotuvga chiqarilmoqda, — deydi Thermo Water Electric yetakchi mutaxassisi Alisher Yo‘ldoshev. — Bu qurilmalar suvni quyosh energiyasi yordamida 60 darajagacha isitib beradi. Me’yordagi issiq suvni yetkazib beruvchi bunday qurilmalar iste’molchi uchun qulay. Sarflanadigan kunlik energiya uchun ketadigan xarajatga taqqoslaganda, quyosh kollektorlaridan foydalanish ancha arzon. Bu ayniqsa, elektr energiyasi bilan barqaror ta’minlanmagan chekka qishloq hududlari uchun juda qulay.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-03-2018, 22:43)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 117) ( 0) ( 114) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют