» » O‘zbekistondagi yuridik shaxslarning atigi 3,9 foizi muqobil energiya manbalaridan foydalanmoqda

O‘zbekistondagi yuridik shaxslarning atigi 3,9 foizi muqobil energiya manbalaridan foydalanmoqda


O‘zbekistonda muqobil energiya manbalaridan foydalanish nisbatan past darajada qolmoqda. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari shundan dalolat berdi.

Ulardan ma’lum bo‘lishicha, mamlakatdagi yuridik shaxslarning faqat 3,9 foizi muqobil energiya manbalaridan foydalanadi. O‘tgan yili ushbu ko‘rsatkich 3,7 foiz edi.

Ushbu yuridik shaxslarning aksariyati — 2,7 foizi biogaz qurilmalaridan foydalanadi. Shu bilan birga o‘tgan vaqt davomida quyosh batareyalaridan foydalanuvchilar soni 1,4 foizdan 1,9 foizgacha, quyosh kollektorlaridan foydalanuvchilar soni 0,5 foizdan 1 foizgacha oshdi.

Viloyatlar bo‘yicha muqobil energiyadan foydalanishda Navoiy viloyati yetakchilik qilmoqda. Bu yerda yuridik shaxslarning 12,5 foizi muqobil energiya manbalaridan foydalanadi.

Ushbu ko‘rsatkich Qashqadaryo viloyatida 7,5, Toshkentda 4,3, boshqa viloyatlarda esa 2-3 foizni tashkil etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют