» » 31 nafar kanadalik lotereyaga 5 dollardan pul yig‘ib, millionerga aylandi

31 nafar kanadalik lotereyaga 5 dollardan pul yig‘ib, millionerga aylandi


Kanadadagi neftni qayta ishlovchi zavodning 31 nafar ishchisi bir soatda millionerga aylandi. Bu haqda Canada24News xabar berdi.

31 nafar xodimdan iborat guruh lotereyada 60 million Kanada dollari yutib oldi. Ularning barchasi Kom bay Chans shahridagi fabrikada ishlaydi. Shaharda esa 228 kishi yashaydi.

Ishchilar uch oy davomida birgalikda lotereya chiptasini sotib olgan. Oxir-oqibat ular eng katta yutuqlardan biriga ega bo‘ldi. Ularning har biri 1,9 million Kanada dollaridan olgan.

“Har birimiz besh dollardan qo‘shib, 155 dollarga chipta sotib olgandik”, — deb hikoya qilgan yutuqqa ega bo‘lganlardan biri.

Besh nafar xodim darhol nafaqaga chiqishga qaror qilgan. Qolganlari esa rejani bajarish uchun ishga qaytmoqchi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 07:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют