» » Fransiyalik siyosatchi Marin Le Penga Twitter’ga IShID qurbonlarining suratlarini joylagani uchun ayblov e’lon qilindi

Fransiyalik siyosatchi Marin Le Penga Twitter’ga IShID qurbonlarining suratlarini joylagani uchun ayblov e’lon qilindi


Fransiyaning “Milliy front” partiyasi yetakchisi Marin Le Penni zo‘ravonlik sahnalari aks etgan tasvirlarni tarqatishda ayblashdi, deb yozadi Meduza. AFP prokurorlarga tayanib ma’lum qilishicha, siyosatchi uch yilgacha qamalishi va 75 ming yevro jarimaga tortilishi mumkin.

Ayblov e’lon qilish uchun Le Pen 2015-yilda o‘z Twitter’iga joylagan uchta fotosurat asos bo‘ldi. Ularda IShID jangarilari tomonidan o‘ldirilgan odamlar aks etgan edi, suratlarga “Mana shu — IShID” degan yozuv ilova qilingan edi. Shu tariqa, Le Pen “Milliy front”ni IShIDga qiyoslagan fransiyalik jurnalist Jan-Jak Burdenga javob qaytargan edi.

Suratlardan birida IShID tomonidan o‘ldirilgan amerikalik jurnalist Jeyms Foulining boshsiz tanasi aks etgan edi. Keyinroq Le Pen bu suratni Foulining ota-onasi so‘rovi bilan o‘chirib tashlagan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют