» » 3-mart kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?

3-mart kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kutilmoqda?


3-mart kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 2—4, kunduzi 13—15 daraja iliq bo‘ladi, deb xabar beradi O‘zA.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 7—12 metr tezlikda esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 5—10 daraja iliq, Ustyurt bo‘ylab kechasi 5—10 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, Xorazm viloyatida kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 7—12 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Kechasi 3—8, kunduzi 10—15 daraja iliq, cho‘l hududlari bo‘ylab kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 2—7 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 0—5, kunduzi 10—15 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 3-8, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 2—7, kunduzi 10—15 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1—6 daraja sovuq, kunduzi 0—5 daraja iliq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют