» » Eksport qilishda “Qishloq qurilish bank” xizmatlaridan foydalaning!

Eksport qilishda “Qishloq qurilish bank” xizmatlaridan foydalaning!


O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 3-noyabrdagi “Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan tadbirkorlar tomonidan tovar (ish, xizmatlar) eksportini amalga oshirish jarayonlari soddalashtirildi.

2017-yil 1-dekabrdan boshlab tadbirkorlik subyektlariga tovarlarni (maxsus tovarlardan tashqari), ishlar va xizmatlarni eksport shartnomalari tuzmasdan, invoyslar asosida, eksport qiluvchilarning O‘zbekiston Respublikasi banklaridagi hisob raqamlariga oldindan to‘lov 100 foiz tushgandan so‘ng, tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga ma’lumotlarni kiritish sharti bilan eksport qilish huquqi berildi. Bu chora-tadbirlar amalda tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyatini qo‘llab-quvvatlashga va mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatbardoshliligini oshirishga xizmat qilmoqda.

“Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki ham bu jarayonda faol ishtirok etishga intilmoqda. Bank tizimida O‘zbekiston banklari ichida birinchilardan bo‘lib avtomatik bank tizimini takomillashtirish va mijozlarga tezkor xizmat ko‘rsatish borasidagi yangiliklar amaliyotga tatbiq etildi.

Barcha eksport qiluvchi korxona va tashkilotlar, tadbirkorlik subyektlariga “Qishloq qurilish bank”ning respublikamiz hududlarida joylashgan keng filiallar tarmog‘i orqali xizmatlar ko‘rsatilmoqda.

Bunda yangi uzilgan meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz mahsulotlari, dukkaklilar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni eksport qilishga qonun hujjatlariga muvofiq alohida talablar belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra:

—Yetkazib berish summasi eksport bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish kunida 20 000 AQSh dollari ekvivalentidan oshmasligi;

—O‘zbekiston Respublikasining vakolatli tijorat banklaridagi hisob varaqlarga O‘zbekiston Respublikasi norezidentlaridan xorijiy valyutada, shu jumladan, bank o‘tkazmalari, xalqaro bank kartalari orqali to‘lovlar, shuningdek, tijorat banklarining ayirboshlash shoxobchalarida sotib olingan milliy valyutadagi naqd pul mablag‘larini kiritish shaklida 100 foizlik oldindan to‘lov olish;

—Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga eksportga yetkazib berish haqidagi ma’lumotlarni kiritish lozim.

“Qishloq qurilish bank” — farovon hayotingiz xizmatida!

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998(71) 150-93-39, 150-76-58.

Sayt: www.qqb.uz

Reklama huquqi asosida!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют