» » Iroq 40 yil deganda o‘z maydonida Saudiyani qabul qildi va 60 ming muxlis ko‘z o‘ngida JCh ishtirokchisini taslim qildi

Iroq 40 yil deganda o‘z maydonida Saudiyani qabul qildi va 60 ming muxlis ko‘z o‘ngida JCh ishtirokchisini taslim qildi


Futbol bo‘yicha Iroq va Saudiya Arabistoni milliy terma jamoalari o‘zaro maydonga tushdi. Bu haqda “Championat.asia” nashri xabar berdi.

Iroqliklar o‘z uylarida Saudiyaga qarshi 40 yildan buyon to‘p tepmayotgandi. Ayniqsa so‘nggi yillarda mamlakatda hukm surgan notinchlik sabab Iroq uy uchrashuvlarini neytral mamlakatlarda o‘tkazishga majbur bo‘lib qolgandi.

Saudiya Arabistoni termasi Basra shahrida qabul qilindi va o‘rtoqlik bellashuvini tomosha qilish uchun 60 ming ishqiboz tashrif buyurdi. Bundan ruhlangan iroqlik futbolchilar Saudiyadan ustun futbol namoyish qildi va 4:1 hisobida zafar quchdi.

Shu kuni 2007-yilgi Osiyo Kubogida chempion bo‘lgan iroqlik futbolchi Mahdi Karim terma jamoasi safidagi xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi.

Saudiya Arabistoni terma jamoasi Rossiya—2018 chiptasini qo‘lga kiritgan. Mundialning guruh bosqichida ular Rossiya, Misr va Urugvayga qarshi kurash olib boradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-03-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 72) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют