» » Beyl va Krishtianuning gollari sabab “Real” zafar quchdi. Bugun “Kamp Nou”da markaziy o‘yin: “Barselona” — “Atletiko”

Beyl va Krishtianuning gollari sabab “Real” zafar quchdi. Bugun “Kamp Nou”da markaziy o‘yin: “Barselona” — “Atletiko”


Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 27-turida Madridning “Real” klubi 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Mamlakatning amaldagi chempioni bir tur avval Barselonaga safar etib, “Espanyol”ga imkoniyatni boy bergandi. Bu safar esa “Xetafe” taslim etildi. Bellashuvda Krishtianu Ronaldu dublga erishgan bo‘lsa, hisob ochuvchi golga Garet Beyl mualliflik qildi.

Bugun — 4-mart kuni La Ligada yil o‘yinlaridan biri bo‘lib o‘tadi va uning doirasida peshqadam “Barselona” o‘zini izma-iz ta’qib qilib kelayotgan “Atletiko”ni qabul qiladi. Tomonlarning Madridda kechgan birinchi o‘yinida g‘olibni aniqlab bo‘lmagandi. O‘shanda Saul mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 82-daqiqaga kelibgina Luis Suares kataloniyalik futbolchilarni mag‘lubiyatdan qutqarib qolgandi.

Ispaniya La Ligasi

27-tur o‘yinlari

3-mart, shanba

Gollar: Kristian Stuani, 16 (0:1). Entoni Losano, 80 (0:2).

Gollar: Luis Muriel, 27 (1:0). Franko Vaskes, 32 (2:0).

Gollar: Xavyer Eraso, 55 (1:0). Nordin Amrabat, 62 (2:0).

Gollar: Takashi Inui, 11 (0:1). Marko Dmitrovich, 33-avt (1:1).

Chetlatish: Maksim Koval, 39 (D).

Gollar: Garet Beyl, 24 (1:0). Krishtianu Ronaldu, 45 (2:0). Fransisko Portilo, 65-pen (2:1). Krishtianu Ronaldu, 78 (3:1).

Chetlatish: Loik Remi, 47 (X).

4-mart, yakshanba

“Levante” — “Espanyol” 16:00

“Barselona” — “Atletiko” 20:15

“Real Sosyedad” — “Alaves” 22:30

“Valensiya” — “Betis” 00:45

5-mart, dushanba

“Selta” — “Las-Palmas” 01:00



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 12) ( 0) ( 12) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют