» » Xorijga noqonuniy sayohatni “xobbi”ga aylantirgan samarqandlik ayol 5 yilga ozodlikdan cheklandi

Xorijga noqonuniy sayohatni “xobbi”ga aylantirgan samarqandlik ayol 5 yilga ozodlikdan cheklandi


Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida yashovchi Laziza Umarova (ism-sharif shartli) noqonuniy xorijga chiqish rejasini pishitdi. Bu haqda “Zarafshon” xabar bermoqda.

Shu maqsadda 2015-yilning 2-iyul kuni xorijga chiqish-kirish tartiblarini buzib, Toshkent viloyatidagi “G‘ishtko‘prik” bojxona chegara maskani orqali Qozog‘istonning Olmaota shahriga bordi. Shaharning baland-pastini bilmagan Laziza bir necha kun sarson bo‘lib, ish qidirdi. Shu orada qozoqlardan tanish orttirdi. Omadi kelavermagach, yordami tegib qolar, degan umid bilan tanishlariga ish topishda qiynalayotganini aytdi.

Ularning chet elda ishlash taklifi Lazizani quvontirdi. Tailandning Bangkok shahridagi “Alif Leyla” restoraniga ofitsiant bo‘lib ishga kirdi. Orada uyiga pul ham jo‘natdi.Kunlarning shu zaylda o‘tishi uni zeriktirdi va orada Tailandning Nong Kxay shahriga, keyin esa qo‘shni Laos davlatiga borib keldi. Bora-bora bu yurishlar uning “xobbi”siga aylandi.

Biroq har bir ishning intihosi bor. Laziza Umarovaning noqonuniy “sayohat”lari o‘z nihoyasiga yetdi. U “Bangkok—Toshkent” yo‘nalishi orqali O‘zbekistonga kirib kelayotganida pasportidagi kamchiliklar tufayli chegara xodimlari tomonidan to‘xtatib qolindi. Noqonuniy hatti-harakati uchun unga 5 yil ozodlikdan cheklash jazosi tayinlandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-03-2018, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют