» » “Oskar” boshlovchisi avvalgi marosimda konvertlar adashtirib yuborilganligi haqida hazil qildi

“Oskar” boshlovchisi avvalgi marosimda konvertlar adashtirib yuborilganligi haqida hazil qildi


“Oskar” mukofotini topshirishning 90-marosimiga boshlovchilik qilgan komik Jimmi Kimmel 2017-yilda mukofot laureatlarini taqdirlash vaqtidagi yanglishish haqida eslatdi. Marosimni ABC telekompaniyasi efirga uzatmoqda, deb yozadi “TASS”.

O‘tgan yilgi marosimda mojaro yuz bergan edi: “Eng yaxshi film” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritgan kartinani e’lon qilgan aktyorlar Uorren Bitti va Fey Danaueyga yanglishib boshqa konvertlar topshirilgan edi. Xato uchun javobgarlikni PricewaterhouseCoopers auditorlik-konsalting kompaniyasi zimmasiga olgan edi. Kompaniyaga 1934-yildan buyon byulletenlarni tarqatish va kinoakademiya ovozlarini hisoblash ishonib topshirilgan.

“Hozir PricewaterhouseCoopers butun e’tiborini konvertlarga qaratishga va’da berdi. O‘tgan 89 yil davomida ularning e’tibori qayerda edi?” — deya hasrat qildi Kimmel. U, shuningdek, bunday xato yana takrorlanmasligini tekshirishning yagona yo‘li shouni oxirigacha o‘tkazish ekanligini bildirdi. Xavotirlar bejizga emas: Bitti va Danaueyga yana nominatsiyalardan birini e’lon qilish yuklatilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 102) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют