» » Toshkentda matematika va informatika bo‘yicha festival bo‘lib o‘tadi

Toshkentda matematika va informatika bo‘yicha festival bo‘lib o‘tadi


1–3-aprel kunlari “Lomonosov – 2018” forumi doirasida M. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filialida matematika va informatika bo‘yicha festival bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

An’anaviy festival iste’dodli yoshlarni aniqlash va saralashga yo‘naltirilgan bo‘lib, unda qatnashish bepuldir. Buning uchun joriy yilning 30-martigacha  ariza topshirish lozim.

Festivalda mamlakatdagi umumta’lim maktablarining 9 va 10-sinflari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin. Bunda ishtirokchilarga bitta yoki bir vaqtning o‘zida ikkita fan bo‘yicha qatnashish imkoni beriladi. Ishtirokchilar uch kun davomida matematika va informatikaga oid masalalarni yechadi.

Festival g‘oliblari medallar va faxriy diplomlar bilan taqdirlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 22:28)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют