» » Qozog‘istonda energetika vazirining o‘rinbosari qo‘lga olindi

Qozog‘istonda energetika vazirining o‘rinbosari qo‘lga olindi


Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha milliy byuro tomonidan Qozog‘iston energetika vazirligi mansabdor shaxslarining jinoiy qilmishiga chek qo‘yildi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar bermoqda.

Energetika vazirining o‘rinbosari G‘ani Sadibekov “Aymak” pudratchi tashkiloti rahbari D. Duanbek bilan til biriktirib, Shuchinsk-Borovskoy kurort hududidagi ko‘lni tozalash uchun ajratilgan o‘ta yirik miqdordagi budjet mablag‘larini o‘zlashtirishda gumon qilinmoqda. Bunda vazirlik departamenti rahbari J. Nurbekov va pudratchi vakillari S. Jumalinov hamda B. Qadirberlinham ishtirok etgan.

Tergovga ko‘ra, Sadibekov imzolagan soxta aktlar asosida energetika vazirligi tomonidan yuqoridagi ishlar uchun 2017-yilda 3,6 milliard tenge miqdoridagi summa to‘lab berilgan. Undan 1 milliard tengedan oshig‘i naqdlashtirilgani va o‘zlashtirilgani tintuv tadbirlari davomida aniqlandi hamda musodara qilindi. 2018-yilda ko‘lni tozalash uchun ajratilgan yana 1,5 milliard tenge o‘g‘irlanishining oldi olindi.

Sadibekov, Nurbekov, Duanbek, Jumalinov va Qadirberlin qo‘lga olindi. Hozirda sudgacha bo‘lgan tekshiruv olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-03-2018, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют