» » Grozniyda minglab odamlar “Millatlararo 180318 mashg‘ulotlari”ni bajarish uchun ko‘chaga chiqdi

Grozniyda minglab odamlar “Millatlararo 180318 mashg‘ulotlari”ni bajarish uchun ko‘chaga chiqdi


Chechenistonning minglab aholisi Grozniy shahrining markaziy maydoniga Rossiya prezidenti saylovini qo‘llab-quvvatlash uchun chiqdi. Ular mashhur sportchilar boshchiligida 18 martadan mashqlar kompleksini bajargan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

“Millatlararo 180318 mashg‘ulotlari: chempionlar tanlovi” deb nomlanayotgan estafeta 1-martda Millatlar ishlari bo‘yicha federal agentlik tomonidan boshlangan. Estafetada barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin.

Aksiyaning mazmuni shundaki, 18 mart — Rossiya Federatsiyasi prezidenti saylovi kuniga qadar mamlakatning barcha hududlarida ommaviy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Mashg‘ulotlar chog‘ida 180318 ta sport mashqi bajariladi. Aksiya ijtimoiy tarmoqlarda ham bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2018, 06:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют