» » Toshkentda shveysariyalik mutaxassislar sanitariya sohasida trening o‘tkazmoqda

Toshkentda shveysariyalik mutaxassislar sanitariya sohasida trening o‘tkazmoqda


5-mart kuni Toshkent shahrida sanitariya mavzusidagi ikki kunlik texnik trening start oldi, deb xabar beradi UzDaily.

Trening Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan davlat va donorlik tashkilotlari, shuningdek xususiy sektor va fuqarolik jamiyati vakillari uchun tashkil etildi.

O‘quv mashg‘uloti Shveysariya federal texnologik instituti bilan hamkorlikda ish olib boradigan va suv masalalariga ixtisoslashtirilgan EAWAG ilmiy tadqiqot markazi mutaxassislari tomonidan olib boriladi. Ular trening ishtirokchilariga EAWAG‘ning “Sanitariyaning texnologiyalari va tizimlari ma’lumotnomasi”ni taqdim etadi.

Ushbu to‘plam barcha uchun qulay bo‘lgan formatda sanitariyaning asosiy standartlarida muvaffaqiyatga erishish uchun barcha mavjud va sinovdan o‘tgan texnik usullarni o‘zida jamlaydi.

EAWAG’ning “Sanitariyaning texnologiyalari va tizimlari ma’lumotnomasi” to‘plami rus tiliga tarjima qilingan. Trening ishtirokchilari undan O‘zbekistondagi sanitariya sohasida mavjud kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish uchun samarali usullardan foydalanish maqsadida foydalaniladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2018, 13:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют