» » OAVlari Trampning Suriya armiyasiga zarba berish rejalari haqida ma’lum qildi

OAVlari Trampning Suriya armiyasiga zarba berish rejalari haqida ma’lum qildi


AQSh prezidenti Donald Trampning ma’muriyati Suriyada kimyoviy qurol qo‘llanilgani ehtimoli haqidagi xabardan so‘ng mamlakat hukumatiga nisbatan yangi harbiy choralarni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda manbalarga tayanib, The Washington Post xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Nashrning ma’lum qilishicha, Tramp o‘tgan hafta prezident apparati rahbari Jon Kelli, milliy xavfsizlik bo‘yicha prezident yordamchisi Gerbert Makmaster va Pentagon rahbari Jim Mettis bilan qo‘llash mumkin bo‘lgan harakatlarni muhokama qilgan.

AQSh prezidenti xlorin qo‘llanilgan hujumlar haqidagi xabarlardan so‘ng Suriya prezidenti Bashar Asad hukumatini jazolash variantlarini ko‘rib chiqqan.

Yig‘ilish davomida Tramp aniq harbiy harakatlarni belgilamaganligi uchun uchrashuv qatnashchilari vaziyatni kuzatishda davom etishga qaror qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 92) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют