» » Braziliyada o‘g‘rilar 6 daqiqada samolyotdan 5 mln dollar o‘g‘irladi

Braziliyada o‘g‘rilar 6 daqiqada samolyotdan 5 mln dollar o‘g‘irladi


Braziliyaning Virakopus aeroportida Lufthansa aviakompaniyasining yuk tashuvchi samolyoti bortidan naqd besh million dollar o‘girlandi, deb xabar beradi “Meduza”.

Mahalliy politsiya vakillarining ma’lum qilishicha, o‘g‘rilar aeroport xavfsizlik xizmatining soxta belgilari o‘rnatilgan avtomobilda samolyot yoniga kelgan. Jinoyatchilar pullarni olib yashiringan.

Braziliya OAVlarining ma’lumot berishicha, o‘g‘rilik uzog‘i bilan olti daqiqa davom etgan. O‘g‘rilar besh kishi bo‘lgan. Ular aeroport xavfsizlik xodimlariga qurol bilan dag‘dag‘a qilgan.

Bortidan pul o‘g‘irlangan samolyot Virakopus aeroportiga oraliq qo‘nishni amalga oshirish uchun qo‘ngan edi. U San-Pauludan Syurixga uchayotgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2018, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют