» » Rossiyalik senator: KXDR yarim oroldagi vaziyatda tashabbusni qo‘lga oldi

Rossiyalik senator: KXDR yarim oroldagi vaziyatda tashabbusni qo‘lga oldi


KXDR o‘zining tinchlikparvar takliflari bilan yarim orol atrofidagi vaziyatda tashabbusni qo‘lga oldi. Bu haqda Rossiya Federatsiya kengashi xalqaro masalalar qo‘mitasi raisi Konstantin Kosachyov ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti”.

“Shimoliy Koreya tashabbusni qo‘lga olgani aniq. U qo‘shni koreys davlati bilan bog‘liq muammolarni yechishga kirishdi. Endi navbat Vashington tomonida. Chunki KXDR xavfsizligi kafolatini Janubiy Koreya, hatto BMT Xavfsizlik kengashi va u nomidan ish ko‘rayotgan dunyo hamjamiyati emas, balqi faqat AQSh berishi mumkin”, — dedi Kosachyov.

Cenatorga ko‘ra, aynan AQSh KXDR uchun asosiy tahdid hisoblanadi va buni yashirmaydi. Shimoliy Koreya muloqotga tayyorligi bilan emas, balki dushman ko‘rinishida Vashington uchun ko‘proq naf keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq KXDR yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreya delegatsiyasini qabul qilgani xabar berilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-03-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют