» » Madridning “Real” klubi takroriy o‘yinda ham PSJdan ustun keldi va Chempionlar Ligasining chorak finaliga yo‘l oldi

Madridning “Real” klubi takroriy o‘yinda ham PSJdan ustun keldi va Chempionlar Ligasining chorak finaliga yo‘l oldi


Chempionlar Ligasida ketma-ket ikki bor zafar quchgan Madridning “Real” klubi, endi qatorasiga uchinchi chempionlik uchun qadam tashladi.

Guruh bosqichida “Tottenhem”dan keyin ikkinchi bo‘lib qolgan madridliklar, chorak finalda PSJ bilan to‘qnash kelib, Madriddagi ilk o‘yinda 3:1 hisobida zafar quchgandi. Tomonlarning Parijdagi o‘yinida ham Zidan shogirdlari ustunlik qildi — 2:1. O‘tgan o‘yinda bo‘lgani kabi bu safar ham Krishtianu Ronaldu raqib darvozasiga yo‘l topdi. G‘alaba goli esa Kazemiro tomonidan urildi.

Har ikki jamoa safida 1 tadan yo‘qotish bor edi. Mezbonlar asosiy futbolchi Neymar xizmatidan foydalana olmagan bo‘lsa, xorvatiyalik Luka Modrich “Qirlllik klubi”ga yordam bera olmadi.

PSJ bir yil avval Ispaniyaning boshqa bir jamoasi “Barselona” bilan raqobatlasha olmagandi. Endi esa La Liganing amaldagi chempioni “Real” unga chiqish eshiklarini ko‘rsatib qo‘ydi.

Chempionlar Ligasi

Nimchorak final

6-mart, seshanba

Gollar: Krishtianu Ronaldu, 51 (0:1). Edinson Kavani, 71 (1:1). Kazemiro, 80 (1:2).

Chetlatish: Marko Verratti, 66 (P).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2018, 06:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 125) ( 0) ( 124) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют