» » Texaslik erkak o‘q o‘tkazmaydigan jiletga otishni so‘radi va halok bo‘ldi

Texaslik erkak o‘q o‘tkazmaydigan jiletga otishni so‘radi va halok bo‘ldi


AQShning Texas shtatidagi Xyuston shahrida yashovchi Jeyson Griffin o‘q o‘tkazmaydigan jiletni kiyib ko‘rayotgan o‘rtog‘ini tasodifan otib qo‘ydi. Bu haqda ABC 13 xabar berdi.

Erkak qo‘lga olingan. Unga nisbatan qasddan qilinmagan qotillik, o‘q otar qurolni noqonuniy saqlash va qurol bilan jiddiy jinoyat sodir etish ayblovlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Bayram vaqtida Griffinning tanishi o‘q o‘tkazmaydigan jilet kiygan va unga qarata o‘q uzishni so‘ragan. Griffin esa to‘pponchasini bilan unga qarata o‘q uzgan. Voqeaga guvoh bo‘lgan qizning aytishicha, erkak qurol o‘qlangan ekanligini bilmagan.

O‘q qurbon bo‘lgan erkakning ko‘kragiga tekkan. U og‘riqdan baqirib, yiqilgan. Griffin undan jiletni yechgan va yordam berishga uringan, bundan foyda chiqmagach, voqea joyidan qochib ketgan. Keyinroq u ortiga qaytgan va o‘zini politsiyaga topshirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2018, 07:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют