» » Vivo V9: iPhone X’ning yangi kloni fotosuratlari paydo bo‘ldi (foto)

Vivo V9: iPhone X’ning yangi kloni fotosuratlari paydo bo‘ldi (foto)


Xitoyning Vivo kompaniyasi yaqinda V7 va V7+ smartfonlarini taqdim etgan edi, endi esa allaqachon yangi Vivo V9 modelini tayyorlamoqda. Tarqalgan fotosuratlarga ko‘ra, u ko‘p jihatdan iPhone X’ga o‘xshaydi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.

Old panelda ekranning tepa qismidagi “soyabon” ko‘zga tashlanadi. Ekran katta, ingichka romli, 18:9 nisbatli bo‘ladi. Ammo diagonali va pikseli hozircha noma’lum. Vivo V9 ning orqa panelida iPhone X bilan o‘xshashlik kamroq, biroq baribir bor — masalan, vertikal tarzda joylashgan qo‘sh kamera moduli. Uning yoniga barmoq izi skanerini joylashtirishdi.

Vivo V9 o‘rtacha Snapdragon 660 protsessorida ishlaydi, shu tufayli, narxi ham iPhone X’nikidan ancha past bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 111) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют