» » Ukrainada Poroshenkoning korteji urib ketgan qariya hamma aybni o‘z bo‘yniga oldi

Ukrainada Poroshenkoning korteji urib ketgan qariya hamma aybni o‘z bo‘yniga oldi


Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning mashinalaridan biri urib ketgan pensioner aybni o‘z bo‘yniga oldi, deb yozadi “Ukrainskoye vremya”. Mamlakat ichki ishalr vaziri Arsen Avakovning so‘zlariga ko‘ra, keksa fuqaro yo‘l harakati qoidalarini buzganligini tan olgan.

Yo‘l-transport hodisasi 6-mart kuni Kiyevdagi ko‘chalardan birida yuz berdi. Yo‘l harakatini tartibga soluvchi posbon prezident korteji o‘tib ketishi uchun chorrahada harakatni to‘xtatgan. U Poroshenkoga hamrohlik qilayotgan politsiya mashinasini o‘tkazib yuborgach, yo‘lni bir erkak kesib o‘ta boshlagan. Shunda uni piyodalar o‘tish joyida kortejdagi ikkinchi avtomobil urib ketgan.

Guvohlar aytishicha, mashina yugurib o‘tayotgan qariyani taxminan soatiga 80 km tezlikda urib ketgan. Unga patrul xodimlari birinchi yordam ko‘rsatib, tez yordam chaqirgan. U operatsiya qilingan, ayni paytda ahvoli og‘ir emas, deb baholanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2018, 09:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...