» » Prezident farmoni bilan sportni rivojlantirish yo‘lida O‘zbekistonda 5 ta yangi markaz ish boshlaydi

Prezident farmoni bilan sportni rivojlantirish yo‘lida O‘zbekistonda 5 ta yangi markaz ish boshlaydi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev jismoniy tarbiya va sportning davlat tomonidan boshqaruvi tizimini rivojlantirishga doir farmonga imzo chekkandi.

Mazkur farmon sport sohasidagi bir qator o‘zgarishlarni qamrab olgan bo‘lib, boshqaruvni yaxlit tizimga keltirish uchun 5 ta markaz ish boshlashi alohida ko‘rsatib o‘tilgan.

Farmonning kirish qismida sport sohasining rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan jihatlar sanab o‘tilgandi. Ulardan biri sport uchun ajratilayotgan mablag‘dan oqilona foydalana olmaslikdir.

Shundan kelib chiqib, Shavkat Mirziyoyev Jismoniya tarbiya va sport sohasida monitoring boshqarmasini tashkil etish farmonini bergan. Boshqarma Sport vazirligining markaziy apparati tuzilmasida vujudga keladi. U davlatning sportga ajratayotgan mablag‘lari qay tariqa sarf etilayotganini tahlil qiladi, odamlar sport xizmatlaridan foydalanishdan qoniqyaptimi yoki yo‘q, foydalanishda ularning sharoitlari qanday ekani kabi masalalarni o‘rganadi. Korrupsiya va boshqa suiiste’molchilik holatlarini aniqlaydi.

Sport vazirligi hududida, shuningdek, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasi ish boshlaydi. Uning 14 ta hududiy bo‘linmasi bo‘ladi (Qoraqalpog‘iston, 12 ta viloyat va Toshkent shahrida). Mazkur faoliyat Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining negizida vujudga keladi.

Farmonning kirish qismida sportning rivojlanishi uchun malakali mutaxassislarning yetishmovchiligi asosiy omillardan biri ekani e’tirof etilgandi. Shundan kelib chiqib, Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi tashkil etiladi.

Bunday markaz shu vaqtga qadar O‘zDJTI qoshida faoliyat ko‘rsatib kelgan bo‘lsa, endi u Sport vazirligi tasarrufiga o‘tkaziladi. Markaz Ko‘kcha darvoza ko‘chasidagi 27-uyni manzil qilib oladi. Uning Nukus, Samarqand va Farg‘ona shaharlarida filiallari bo‘ladi.

Bungacha O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti faoliyat ko‘rsatib kelgan bo‘lsa, endi uning negizida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tashkil topadi.

Sport sohasidagi muammolar orasida O‘zbekistonda xalqaro standartlarga javob bera oladigan sport asbob-uskunalari va inventarlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmagani, chunki shu turdagi ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlaydigan mexanizmning o‘zi yo‘qligi aytilgandi.

Endi esa jahonning yetakchi sport firmalarini jalb qilgan holda, sport kiyimlari, anjomlari, jihozlarini ishlab chiqaruvchi zamonaviy korxonalar faoliyatini tashkil etish uchun Toshkentda “Sport” erkin iqtisodiy zonasi tashkil qilinadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют