» » Ichki ishlar vazirligi qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarni ixtiyoriy ravishda topshirishni taklif qiladi

Ichki ishlar vazirligi qurol-yarog‘ va o‘q-dorilarni ixtiyoriy ravishda topshirishni taklif qiladi


Ichki ishlar vazirligi 5-martdan 15-martga qadar o‘qotar qurollar va o‘q-dorilarning noqonuniy saqlanishini oldini olish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda vazirlik matubot xizmatiga tayanib, “Gazeta.uz” xabar berdi.

Ixtiyoriy ravishda o‘qotar qurollar, o‘q-dorilar va portlovchi moddalarni o‘z xohishlari bilan topshirishni istagan fuqarolar yozma yoki og‘zaki bayonot bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘zlari yoki telefon va boshqa elektron vositalar bilan hududiy ichki ishlar organiga yoki ro‘yxatdan o‘tgan manzilidagi profilaktika inspektorga murojaat qilishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, noqonuniy ravishda qurol, o‘q-dorilar hamda portlovchi moddalarni saqlash O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining 248-moddasiga ko‘ra jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Biroq qurol-aslaha, o‘q-dorilar va portlovchi moddalarni ixtiyoriy ravishda topshirgan fuqarolar javobgarlikdan ozod etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 107) ( 0) ( 104) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют