» » 8-mart kuni O‘zbekistonda havo harorati keskin ko‘tariladi

8-mart kuni O‘zbekistonda havo harorati keskin ko‘tariladi


8-mart kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 5—7, kunduzi 17—19 daraja iliq bo‘ladi, deb xabar beradi O‘zA.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 7—12 daraja iliq, Ustyurtda kechasi 5—10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, Xorazm viloyatida kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 7—12 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 5—10, kunduzi 17—22 daraja iliq, cho‘l hududlarida kechasi 0—5 daraja sovuq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 3—8, kunduzi 17—22 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 7—12, kunduzi 17—22 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 2—7, kunduzi 15—20 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 1—6 daraja sovuq, kunduzi 3—8 daraja iliq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-03-2018, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 57) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют