» » Ukrainada talonchilar bank tomini teshib, seyflarda saqlanayotgan qimmatbaho buyumlarni olib ketdi (video)

Ukrainada talonchilar bank tomini teshib, seyflarda saqlanayotgan qimmatbaho buyumlarni olib ketdi (video)


Ukrainaning Mukachevo shahrida talonchilar tungi payt VS Bank filiali omboriga kirib, u yerda mijozlarning qimmatbaho buyumlari saqlanayotgan 35 ta seyfni ship-shiydam qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Jinoyatchilar bankning shahar markazidagi binosi uchinchi qavatida joylashgan ombor tomining bir necha darajali temir-beton to‘sig‘ini teshishga muvaffaq bo‘lgani bildirilmoqda.

“Buni bir necha soat, hatto kun mobaynida amalga oshirilganini tasavvur etish qiyin. Ustiga-ustak, ortiqcha shovqin-suron va vibratsiyasiz. Harakat va tovushni qayd etadigan signalizatsiya tizimlari nega ishlamagani haqida savollar paydo bo‘ladi”, — taajjublanadi mahalliy nashrlardan biri.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-03-2018, 23:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют