» » O‘zbekiston va Janubiy Afrika Respublikasi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishni muhokama qildi

O‘zbekiston va Janubiy Afrika Respublikasi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishni muhokama qildi


2018-yilning 6-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligida Janubiy Afrika Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi (qarorgohi Anqara shahrida) Pule Isaak Malefan bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuv davomida Janubiy Afrika tomoni O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni isloh qilish va liberallashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirildi. Xususan, O‘zbekiston iqtisodiyotini liberallashtirish va investitsiyalarni jalb qilish va xalqaro biznes faolligini oshirish uchun qulay muhit yaratilayotganiga alohida e’tibor qaratildi.

JAR delegatsiyasiga O‘zbekiston tomonidan ikkala mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni faollashtirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish uchun, hamkorlikning huquqiy asoslarini kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqish taklif etildi.

Ikkala tomon ham hukumat, ham ishbilarmonlar darajasida uzoq muddatli aloqalarni o‘rnatish orqali savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga qiziqish bildirdi.

Tashqi savdo vaziri o‘rinbosari S.Saifnazarov:

Geografik masofaga qaramasdan, mamlakatlarimiz turli sohalarda o‘zaro savdo-sotiqni kengaytirish uchun sezilarli salohiyatga ega. O‘zbekiston va Janubiy Afrika ishbilarmon doiralarining tashriflari ikki mamlakatning savdo va sarmoyaviy imkoniyatlari bilan tanishish va mavjud zaxiralarni ishga tushirish imkonini beradi.

Uchrashuv davomida, JAR tomonidan ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirish maqsadida, O‘zbekistonga JARning faxriy konsuli tayinlanishiga doir faol ishlar olib borilayotganligi haqida ma’lumot berildi.

Diplomatik missiya rahbari 2018-yilning birinchi yarmida JAR ishbilarmon doiralari vakillarining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida hisobot berdi va tomonlar haqiqiy natijalarga erishish uchun bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlarni batafsil ishlab chiqishga kelishib oldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют