» » O‘zbekiston delegatsiyasi Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi bilan uchrashdi

O‘zbekiston delegatsiyasi Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi bilan uchrashdi


O‘zbekiston Adliya vaziri Ruslanbek Davletov va Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori Akmal Saidov rahbarligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Parlamentlararo ittifoq bosh kotibi Martin Chungong bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb yozadi UzDaily.

Chungong O‘zbekistonda Parlament tomonidan ijroiya hukumati organlarining hisobotlari tinglanishi, shuningdek, xalqaro majburiyatlarning amalga oshirilishi va shartnomalarning bajarilishi bo‘yicha “yo‘l xaritalari” tadbirlari rejasining tasdiqlanishi amaliyotini yuqori baholadi.

2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini amalga oshirishning borishiga qiziqish bildirildi.

Uchrashuv chog‘ida O‘zbekistonning Assambleya bo‘lg‘usi sessiyalari va Parlamentlararo ittifoqning boshqa tadbirlaridagi ishtiroki, ittifoqning asosiy hujjatlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish, shuningdek, hamkorlikning bosh yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlash borasida ma’lum rejalar muhokama qilindi va kelishuvlarga erishildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 53) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют