» » Milliy olimpiya qo‘mitasi yangi tashkil etilgan O‘zbekiston MMA federatsiyasini tan olmasligini ma’lum qildi

Milliy olimpiya qo‘mitasi yangi tashkil etilgan O‘zbekiston MMA federatsiyasini tan olmasligini ma’lum qildi


6-mart kuni O‘zbekistonda aralash qoidalar jangi sport turini rivojlantirish yo‘lida MMA federatsiyasi tashkil etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Unga ko‘ra, federatsiya tarkibi Olimpiya shon-shuhrati muzeyida yig‘ilish o‘tkazgani hamda MMA federatsiyasiga kikboksing bo‘yicha Jahon Chempionati g‘olibi Sunnat Ilyosov prezidenti etib saylangani xabar qilingandi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi saytida esa mazkur xabar yuzasidan bayonot berildi. Unga ko‘ra, tashkilot va Sport vazirligi yangi tuzilgan federatsiyani tan olmaydi. Shuningdek, MMA federatsiyasi yuridik jihatdan hech qanday kuchga ega emasligi ma’lum qilingan.

Boisi, MMA federatsiyasini tuzish oldidan na MOQ va na Sport vazirligi xabardor qilingan. Shu tariqa MMA federatsiyasining kelgusi taqdiri qanday bo‘lishi ma’lum emas.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют