» » Belgilangan kvotadan ortiq abituriyentni o‘qishga qabul qilgan Nukus pedagogika instituti rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Belgilangan kvotadan ortiq abituriyentni o‘qishga qabul qilgan Nukus pedagogika instituti rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti mansabdor shaxslariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 167-moddasi 2-qismi “v”, “g” bandlari va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar berdi prokuratura matbuot xizmati.

Tergov davomida aniqlanishicha, O‘zbekiston Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarida pedagogika yo‘nalishida maxsus sirtqi bo‘limlarni tashkil etish to‘g‘risida”gi 2017-yil 9-avgustdagi 3183-sonli qarori talablariga zid ravishda belgilangan kvotadan ortiq miqdorda qabul amalga oshirilgan. Boshlang‘ish ta’lim yo‘nalishiga 6 nafar, mehnat ta’limi yo‘nalishiga 4 nafar, musiqa yo‘nalishiga 3 nafar, defektologiya yo‘nalishiga 1 nafar, jismoniy madaniyat yo‘nalishiga 3 nafar va matabgacha ta’lim yo‘nalishiga 5 nafar talabalarning o‘qishga qabul qilinishi uchun umumiy olgan ballari yuqori qilib ko‘rsatilgan.

Bundan tashqari, Nukus davlat pedagogika instituti mansabdor shaxslari Davlat komissiyasining 9-sonli bayoni talablariga zid ravishda abituriyentlarning belgilangan mezon bo‘yicha ballarini hisoblash vaqtida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘rmasdan, ta’lim muassasalari tomonidan tavsiya qilingan, ya’ni Taxtako‘pir tumanidan 22 nafar, Mo‘ynoq va Xo‘jayli tumanlaridan 14 nafardan, Ellikqal’a tumanidan 6 nafar, Beruniy va Chimboy tumanlaridan 5 nafardan, Nukus shahridan 4 nafar, Nukus tumanidan 3 nafar, Qonliko‘l tumanidan 2 nafar va Kegeyli tumanidan 1 nafar abituriyent ishlayotgan ta’lim muassasasining olisligi va ish stajlariga qo‘yilgan ballarini sun’iy ravishda oshirib ko‘rsatilgan.

Shuningdek, Davlat komissiyasining 8-sonli bayonida 7,0 dan yuqori ball to‘plagan abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar taqsimoti bo‘yicha Nukus davlat pedagogika institutiga Mo‘ynoq va Taxtako‘pir tumanlari kesimida jami 69 nafar talaba qabul qilish ko‘rsatilganligiga qaramasdan, ballar ketma-ketligiga muvofiq ravishda amalga oshirilmagan holatlari aniqlangan.

Bundan tashqari Davlat komissiyasining 8-sonli bayonida ko‘rsatilgan talablar qo‘pol ravishda buzilib, Nukus davlat pedagogika instituti boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishiga 514 nafar, mehnat ta’limi yo‘nalishiga 49 nafar, musiqa yo‘nalishiga 33 nafar, defektologiya yo‘nalishiga 30 nafar, jismoniy madaniyat yo‘nalishiga 39 nafar, pedogogik psixologiya yo‘nalishiga 94 nafar abituriyentlar kvotadan ortiq o‘qishga qabul qilingan. Shundan 4 nafar abituriyentlarni o‘qishga qabul qilinganligi haqida buyruq chiqarilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 15:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют