» » Termizda O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan 20 kishiga fuqarolik pasporti topshirildi

Termizda O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilingan 20 kishiga fuqarolik pasporti topshirildi


Termizda Prezident farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan 20 kishiga fuqarolik pasporti tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Dilfuza Sherxonova uch yoshigacha Tojikiston Respublikasida yashagan. 25 yildan buyon Termiz shahridagi Temiryo‘lchi mahallasida istiqomat qiladi. Temiryo‘l tarmog‘ida ishlayotgan D.Sherxonova o‘zining samarali mehnati bilan hamkasblari hurmatini qozongan. 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni Dilfuza O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinib, Konstitutsiyada belgilangan barcha huquqlardan foydalanish sharafiga muyassar bo‘ldi.

“Fuqaroligim bo‘lmagani men uchun armon edi. Bugun quvonchim cheksiz”, – deydi D.Sherxonova.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют