» » Surxondaryoda saratonga chalingan ayolning 3 ming dollarini o‘zlashtirgan firibgar qo‘lga olindi

Surxondaryoda saratonga chalingan ayolning 3 ming dollarini o‘zlashtirgan firibgar qo‘lga olindi


Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida “Birdamlik” mahallasida yashovchi 1968-yilda tug‘ilgan X.Eshmatova viloyat IIBga ariza bilan murojaat qildi, deb xabar beradi viloyat IIB matbuot xizmati.

Fuqaro o‘z murojaatida 2016-yil 7-avgust kuni tanishi Andijon viloyati Andijon shahri “Birlik” mahallasida yashovchi, 1961-yilda tug‘ilgan A.Qodirova uni “ko‘krak saratoni” kasalligiga chalinganligini bilib, uning  Germaniyaga borib davolanishi uchun sog‘liqni saqlash vazirligiga to‘lov asosida yo‘llanma olib berishni va’da qilib, evaziga 3 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olib ketganini yozgan.

Biroq A.Qodirova X.Eshmatovani Germaniyaga davolanishga jo‘natmasdan pullarini ham qaytarib bermasdan aldab ketgan.

3-mart kuni A.Qodirovaga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi (firibgarlik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda holat yuzasidan tergov va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 112) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют