» » O‘zbekiston sayyohlik salohiyati Berlinda namoyish etilmoqda

O‘zbekiston sayyohlik salohiyati Berlinda namoyish etilmoqda


9-mart kuni Germaniya poytaxti Berlin shahrida “ITB Berlin – 2018” xalqaro turizm ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi, deb xabar beradi “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK matbuot xizmati.

Joriy yilda ushbu ko‘rgazmada 185 mamlakatdan o‘n mingdan ziyod firma va kompaniya vakillari ishtirok etmoqda.

Mazkur nufuzli forumda O‘zbekiston sayyohlik salohiyati yagona “O‘zbekiston” milliy stendida taqdim etilmoqda. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi o‘z xizmatlarini jumladan, faoliyati haqidagi axborot materiallari, aviaparki, qatnovlar jadvali va havo kemasi sahnidagi xizmatlarini namoyish qilmoqda.

Qayd etilishicha, 6-mart kuni O‘zbekistonning Germaniyadagi elchixonasida mamlakat sayyohlik salohiyatining taqdimoti bo‘lib o‘tgan.

Anjumanda “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi hamda ikki davlat sayyohlik sohasi vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda turizm sohasidagi xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollari haqida so‘z yuritildi. O‘zbekistonning tabiiy, tarixiy va madaniy merosi, diqqatga sazovor joylari, sayyohlik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, tadbir davomida B2B shaklidagi uchrashuvlar ham o‘tkazildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 16:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют