» » Tojikiston Ozbekiston bilan chegaradagi otkazish punktlarida xodimlar sonini kopaytirdi

Tojikiston Ozbekiston bilan chegaradagi otkazish punktlarida xodimlar sonini kopaytirdi


Tojikiston chegara qoshinlari Ozbekiston bilan chegaradagi barcha nazorat-otkazish punktlarida xodimlar sonini 3-4 shtat birligiga kopaytirdi. Bu haqda qoshinlar matbuot kotibi Muhammad Ulugxojayev malum qildi, debxabar beradi Asia-Plus.

Mazkur qaror fuqarolar uchun maksimal sharoitlar yaratish, ular navbatda turib qolishining oldini olish uchun chegaradan tezroq otkazib yuborish maqsadida qabul qilindi.

Yaqin orada Ozbekiston bilan chegaradagi barcha nazorat-otkazish punktlarida chegara nazorati kabinalarini kopaytirish va bu bilan ularning otkazish imkoniyatini oshirish kozda tutilmoqda, dedi matbuot kotibi.

Malumot uchun, joriy yil 1-martidan etiboran Ozbekiston va Tojikiston chegarasida bitta temiryol va 8 ta avtomobil otkazish punkti, shuningdek, bitta chegara posti oz ishini tikladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (9-03-2018, 18:28)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
:
-
:
20 ... -