» » Hunarmandlar ayrim soliq va to‘lovlardan ozod etildi

Hunarmandlar ayrim soliq va to‘lovlardan ozod etildi


Hukumatning 7-martdagi qarori bilan qonunchilikka hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan o‘zgartirish va ko‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali orqali ma’lum qilindi.

Xususan, hunarmandlar davlat mulki obyektlaridan foydalanganda ijara to‘lovini belgilangan eng kam to‘lovning 50 foizini miqdorida to‘laydi.

Endilikda “Usta-shogird” maktabi o‘quvchisi sifatidagi ish davri 25 yoshga yetgunga qadar eng kam oylik ish haqining kamida 2,5 barobari miqdorida sug‘urta to‘lovi to‘langan taqdirda mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi.

“Hunarmand” uyushmasining a’zolari bo‘lgan hunarmandlar:

- hunarmandchilik faoliyati mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotishda qat’iy belgilangan soliqdan;

- yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchilar Moliya vazirligi xuzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badali to‘lovidan ozod etildi. Qishloq joylarda ro‘yxatdan o‘tgan va faoliyatini amalga oshirayotgan hunarmandlar o‘z faoliyatining dastlabki ikki yili mobaynida Pensiya jamg‘armasiga belgilangan sug‘urta badalining 50 foizini to‘laydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют