» » Superliga oyinlari translyatsiyasida osishga erishilgach, MOQ prezidenti Ahmadjonov MTRK raisi Xodjayev bilan uchrashdi

Superliga oyinlari translyatsiyasida osishga erishilgach, MOQ prezidenti Ahmadjonov MTRK raisi Xodjayev bilan uchrashdi


Bugun 9-mart kuni MTRK raisi Alisher Xodjayev hamda MOQ prezidenti Umid Ahmadjonov uchrashuvi bolib otdi. MOQ matbuot xizmatining xabar berishicha, Medimarkaz binosida bolib otgan suhbatda Sport telekanali direktori Zohid Karimov hamda Sport vaziri Shoakram Isroilov ham ishtirok etgan.

Bunda ikki tomon ozaro aloqalarni mustahkamlash masalasida fikr almashgan. Unga kora, MTRK ijodiy va texnik guruhi xalqaro musobaqalarga MOQ hisobidan borishi yolga qoyiladi. Bunda Osiyo va Olimpiada oyinlari, jahon va qita chempionatlari nazarda tutilgan. Shuningdek, Gran pri turnirlarga televideniye vakillarining akkreditatsiyadan otishiga ham MOQ bevosita yordam beradi.

Biz ozaro aloqalarni kengaytirish tarafdorimiz. Bu yildan boshlab futbol boyicha Ozbekiston Superligasining barcha uchrashuvlarini Sport-TV orqali jonli translyatsiya qilishni yolga qoydik. Demak, eng avvalo muxlislar uchun ajoyib sovga hozirladik. Bu nafaqat MTRK, balki PFLning ham yutugi boldi. Ozaro hamkorligimiz natija bera boshladi. Tashabbusimizni qollab-quvvatlagani uchun Alisher Joraqulovichga minnatdorchilik bildiraman.

Umid Ahmadjonov, MOQ prezidenti

MTRK raisi Alisher Xodjayev Sport-TV MOQning eng yaqin hamkori boladi, deb vada bergan. Endilikda telekanal sport translyatsiyalarini amalga oshirishda bor imkoniyatini ishga soladi.

Bugungi uchrashuvdan juda hursand boldim. Boisi ozaro hal etiladigan masalalar toplanib qolgandi.

Eng avvalo sport vaziridan viloyatlardagi sport inshootlaridan jonli efirga chiqish uchun sharoitlar yaratib berishni iltimos qilardim. Biz togridan-togri efir tarafdorimiz. Ammo hamma sport majmualarida ham bunga sharoit yoq. Ayniqsa, viloyatlardagi inshootlarning komunikatsiyasiga etibor kuchaytirilsa, nur ustiga alo nur bolardi. Birida telekomunikatsiya muammolari bor, bazilarining esa yoritish tizimida kamchiliklar korinadi. Agar shu muammolarni bartaraf etishda yordam bersangiz, jonli efirlar masalasi hal etilardi.

Alisher Xodjayev, MTRK raisi

Sport vaziri Shoakram Isroilov bu borada ish olib borishga vada berdi. Keyinroq esa uchrashuv ishtirokchilari MTRK studiyalaridan biriga kirdi. Sport-TV mazkur studiyada yangi loyihani yolga qoyishni rejalashtirgan. Shartli nomi Sport klub bolgan onlayn dasturda aholi dardini eshitish, sport federatsiyalari rahbarlari bilan jonli muloqotlar qilish va boshqa masalalar orin oladi.



Manba: Daryo.uz
: admin (9-03-2018, 21:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 3) ( 0) ( 2) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -