» » Iroq ko‘ngillilari Kirkukda IShIDning 22 nafar dala qo‘mondonini yo‘q qildi

Iroq ko‘ngillilari Kirkukda IShIDning 22 nafar dala qo‘mondonini yo‘q qildi


Hukumat tarafdorlarining harbiylashgan ko‘ngillilar otryadi —“al-Xashd ash-Sha’biy” jangchilari Iroq shimolidagi Kirkuk viloyatida IShIDning 22 nafar dala qo‘mondonini yo‘q qildi. Bu haqda otryadning rasmiy vakili Ali al-Husayniy ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.

“Bo‘linmalarimiz Kirkuk janubi-g‘arbidagi ar-Riyod va az-Zab tumanlarida keng ko‘lamli operatsiya o‘tkazdi. Uning davomida IShIDning 22 nafar yetakchisi, shuningdek, o‘nlab jangari, jumladan, xudkush o‘ldirildi. Hududni tozalash ishlari davom etmoqda”, — dedi rasmiy vakil.

Ma’lumot uchun, neftga boy Kirkuk viloyati o‘tgan oy davomida bir necha bor IShID va “al-Xashd ash-Sha’biy” o‘rtasida to‘qnashuvlar maydoniga aylangandi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-03-2018, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют