» » O‘zmilliybank va “Amonatbonk” o‘rtasida muhim hujjatlar imzolandi

O‘zmilliybank va “Amonatbonk” o‘rtasida muhim hujjatlar imzolandi


2018-yil 9-mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Tojikiston respublikasining “Amonatbonk” Davlat omonat banki o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga doir ikkita hujjat imzolandi.

Hamkorlikni mustahkamlash va banklararo hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish maqsadida “Vakillik munosabatlarini o‘rnatish bo‘yicha banklararo shartnoma” imzolandi.

Bundan tashqari, O‘zbekistondan Tojikistonga tovarlar va xizmatlar eksporti bilan bog‘liq bitimlarni moliyalashtirishni nazarda tutuvchi “Savdoni moliyalashtirish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv” tuzildi.

Taqdim etilayotgan kredit liniyasi doirasida O‘zbekistondan turli sohalarda (to‘qimachilik, qurilish materiallari, oziq-ovqat, maishiy kimyo mahsulotlari, qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika, avtomobilsozlik, kimyo va boshqa sohalarda) tovarlar va xizmatlar eksportiniko‘paytirish maqsadida savdoni moliyalashtirish loyihalarini amalga oshirish nazarda tutilmoqda.

Reklama huquqi asosida!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2018, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют