» » Kanada federal politsiyasini ilk bor ayol boshqaradi

Kanada federal politsiyasini ilk bor ayol boshqaradi


Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo ilk bor mamlakat federal politsiyasi rahbarligiga ayol kishini tayinladi. Bu haqda “Izvestiya” xabar bermoqda.

CBC telekanaliga ko‘ra, Brenda Laki 1986-yildan beri politsiyada xizmat qilib keladi. U sobiq Yugoslaviyada tinchlikparvar kuchlar tarkibida bo‘lgan, Gaitida BMT missiyasi uchun politsiyachilarni o‘qitishga yordam bergan.

Laki joriy yil aprel oyi o‘rtalarida lavozimini egallashi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq 8-mart kuni Yevropolga ilk bor ayol kishi rahbar etib tayinlangani ma’lum qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2018, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют