» » “O‘zsanoatqurilishbank” va Tojikistonning yirik banklari o‘rtasida muhim hujjatlar imzolandi

“O‘zsanoatqurilishbank” va Tojikistonning yirik banklari o‘rtasida muhim hujjatlar imzolandi


2018-yil 9-mart kuni Shavkat Mirziyoyevning Tojikistonga davlat tashrifi chog‘ida “O‘zsanoatqurilishbank” va Tojikistonning “Oriyon” banki o‘rtasida 20 million AQSh dollaridan iborat ikki tomonlama hamkorlik bitimi imzolandi.

Shuningdek, hamkorlikni mustahkamlash va banklararo hisob-kitob tizimini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish maqsadida “Amonat”, “Oriyon” va “Esxata” banklari bilan AQSh dollari va yevro valyutasida “Vakillik munosabatlarini o‘rnatish bo‘yicha banklararo shartnoma” ham imzolandi.

Bundan tashqari, O‘zbekistondan Tojikistonga tovarlar va xizmatlar eksporti bilan bog‘liq bitimlarni moliyalashtirishni nazarda tutuvchi “Savdoni moliyalashtirish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi kelishuv” tuzildi.

Taqdim etilayotgan kredit liniyasi doirasida O‘zbekistondan turli sohalarda tovarlar va xizmatlar eksportini ko‘paytirish maqsadida savdoni moliyalashtirish loyihalarini amalga oshirish nazarda tutilmoqda.

Bugundan boshlab O‘zbekiston va Tojikiston tadbirkorlari ushbu kredit liniyalaridan foydalanish maqsadida “O‘zsanoatqurilishbank” va “Oriyon” banklariga murojaat qilishlari mumkin.

Qardosh davlat tadbirkorlarining loyihalarini moliyalashtirish masalasi “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan qisqa muddat ichida hal etiladi.

Tomonlar hamkor banklar o‘rtasidagi munosabatlarni o‘zaro ishonch va do‘stlik asosida yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.

Reklama huquqi asosida!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2018, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 92) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют