» » Surxondaryoda shifoxonadan salkam 22 millionlik jihozlarni o‘g‘irlab ketgan shaxs qo‘lga olindi

Surxondaryoda shifoxonadan salkam 22 millionlik jihozlarni o‘g‘irlab ketgan shaxs qo‘lga olindi


Surxondaryo viloyati sil kasalligiga qarshi kurash dispanseri ma’muriyati Termiz shahar ichki ishlar bo‘limiga mazkur tibbiyot muassasasida o‘g‘irlik sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Xabarga ko‘ra, tunda noma’lum shaxs laboratoriya bo‘limidan qiymati salkam 9 million so‘mlik “Twincubator — 7025009” rusumli qon o‘lchagich, 12,5 million so‘mlik Primo star rusumli mikroskop uskunalari, bir dona tefal hamda bitta tibbiy xalatni o‘marib ketgan, deb xabar berdi O‘zA.

Tezkorlik bilan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida laboratoriya jihozlarini tibbiyot muassasasi joylashgan Temir yo‘lchi mahallasida yashovchi 40 yoshdagi Shokir Layliyev (ism-shariflar o‘zgartirilgan) o‘g‘irlagani aniqlanib, ushlandi va ashyoviy dalillar hujjatlashtirib olindi.

Bundan 6 yil muqaddam ham o‘g‘rilik jinoyati uchun sudlangan Layliyevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 4-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni paytda tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-03-2018, 16:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют